SAVOL BERING, JAVOB BERAMIZ
2023-04-14 16:22:41 105
Savol bering, javob beramiz
Savol: Muddatini oldin ovoz berish tartibi qanday tartibda amalga oshiriladi?
Javob: O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasi Referendumi to’g’risida”gi Qonunining 351-moddasi talablariga ko’ra,
Referendum kuni o’z yashash joyida bo’lish imkoniyatiga ega bo’lmagan ovoz beruvchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.
Muddatidan oldin ovoz berish referendumga o’n kun qolganida boshlanadi va referendumga uch kun qolganida tugallanadi. Muddatidan oldin ovoz berishni o’tkazish vaqti O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi va fuqarolarning, kuzatuvchilarning e'tiboriga ommaviy axborot vositalari orqali yetkaziladi.
Ovoz beruvchi muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun referendum kunida bo’la olmasligining sabablari (ta'til, xizmat safari, xorijga chiqish va hokazo) ko’rsatilgan ariza asosida tegishli uchastka komissiyasidan referendumda ovoz berish byulletenini oladi.
Ovoz beruvchi referendumda ovoz berish byulletenini olganligi haqida tegishli uchastka komissiyasining kamida ikki nafar a'zosi hozirligida ovoz beruvchi fuqarolar ro’yxatiga imzo qo’yadi.
Referendumda ovoz berish byulleteni maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida ovoz beruvchi tomonidan to’ldiriladi.
.
Ovoz beruvchi qaror qabul qiladi va to’ldirilgan referendumda ovoz berish byulletenini yopiq konvertda qoldiradi, konvert tegishli uchastka komissiyasining seyfida saqlanadi. Konvertning yelimlangan joyiga uchastka komissiyasining ikki nafar a'zosining imzolari qo’yilib, ular komissiyaning muhri bilan tasdiqlanadi.
O’ktamjon Ergashev - So’x tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram