REFERENDUMGA OID
2023-04-14 15:59:46 119
Referendumga oid
Savol: Chet davlatlarda turgan fuqarolarni ovoz beruvchi fuqarolarning ro’yxatlariga kiritish tartibi to’g’risida ma'ltsumot bersangiz
Javob: O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasi Referendumi to’g’risida”gi Qonunining 261-moddasi tartibiga ko’ra chet davlatlarda turgan fuqarolar O’zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan referendum o’tkazuvchi uchastka komissiyalariga ularni ovoz beruvchi fuqarolar ro’yxatiga kiritish to’g’risida referendumdan o’n besh kun oldin yozma shaklda yoki O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda murojaat qilishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan referendum o’tkazuvchi uchastka komissiyalari chet davlatlarda turgan fuqarolarning ularni ovoz beruvchi fuqarolar ro’yxatiga kiritish to’g’risidagi murojaatida ko’rsatilgan shaxsga doir ma'lumotlarini uch kun ichida tekshiradi va fuqaroni ovoz beruvchi fuqarolar ro’yxatiga kiritish haqidagi masalani hal qiladi.
O’zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan referendum o’tkazuvchi uchastka komissiyalari ovoz beruvchi fuqarolar ro’yxatiga kiritilgan fuqarolar haqidagi ma'lumotlarni darhol O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etadi.
O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ovoz beruvchi fuqarolar ro’yxatiga kiritilgan fuqarolar haqidagi ma'lumotlarni darhol O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga caylovchilarning yagona elektron ro’yxatiga tegishli tuzatishlar kiritish uchun taqdim etadi.
A.Toshpulatov - So’x tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram