“MAHALLABAY” TIZIMII ASOSIDA SARIBOZORCHADAGI MUAMMO VA KAMCHILIKLAR O’RGANILDI
2023-04-14 15:57:50 111
“Mahallabay” tizimii asosida Saribozorchadagi muammo va kamchiliklar o’rganildi
Prezidentimiz va davlatimiz hukumatining alohida e'tibori tufayli So’x tumani miqyosida keng ko’lamli qurilish-ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu yo’nalishda Saribozorcha mahalla fuqarolar yig’inida ham arzirli ishlar qilinyapti.
Mahallada bo’lgan tuman hokimi olib borilayotgan ishlar jarayonini ko’zdan kechirdi, aholi bilan samimiy muloqotlar chog’ida ularning muammo va kamchiliklari tinglandi. Asosiysi, bo’layotgan amaliy ishlar va islohotlar samarasidan xaliqimiz mamnun va minnatdor.
Ayni kunda mahallada ichimlik suvi tarmog’i tortish ishlari amalga oshirilmoqda va bu ishga “Mumtoz metall” MChJ ishchi-xodimlari bel bog’lagan. Jamiyat rahbari Otabek G’oibnazarov bilan suhbat chog’ida bajarilayotgan ishlar sifatiga e'tibor qratish lozimligi taklifi berildi.
“Mahallabay” tizimi asosida fuqarolardan tushgan murojaatlarning aksariyati ijroga yo’naltirildi.
Jumladan,
mahallada yashovchi Zoyitjon Tojiyevning mahallada tik quduq qazish masalasini manzilli o’rganish mutasaddi tashkilot rahbariga yo’naltirildi;
Mahalladagi elektr energiyasiga borg’liq muammo – transformator o’rnatish masalasi tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbariga yo’naltirildi va ushbu muammo bugun hal etilishi ma'lum qilindi;
A'zamjon Sultonov butun umrini qishloq xo’jaligi sohasiga bag’ishlagan. Otaxonning sihatgohda davolanish uchun yo’llanma olish bo’yicha qilgan murojaati ham hal etilishi ta'kidlandi. Otaxon bepul iyun oyida viloyatimiz sihatgohlarning birida dam olib keladi;
Shuningdek, tibbiyot muassasalarida davolanish bo’yicha qilgan murojaatlar ham ijobiy hal etiladi. Jarrohlik amaliyotiga bog’liq bo’lgan xarajatlar fuqarolar tomonidan kerakli hujjatlarni taqdim etganidan so’ng albatta hal etilishi tushuntirildi.
Shuningdek, mahallada bugun aholiga hizmat ko’rsatish shoxobchalari – nonvoyxona va tibbiyot punkti barpo etilgan. Asosiy masala mahallaning yangi binosini qurish va buning uchun munosib joy tanlash bo’lib turibti.
Tuman hokimi ishtirokida ushbu masala ham o’rganildi. Agar mahalla binosi uchun tanlangan munosib joy rasmiylashtirilsa, fuqarolar yig’ini uchun yangi bino davlat-xususiy sherikchilik asosida mahalla ahliga qurib beriladi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram