Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OBODONLASHTIRISH BOSHQARMASIGA YANGI TEXNIKA VA MEXANIZMLAR TAQDIM ETILDI

×

 2023-04-13 09:51:09    102

PDF yuklash
Chop etish


Obodonlashtirish boshqarmasiga yangi texnika va mexanizmlar taqdim etildi

Manzil obod bo’lsa, ko’ngillar shod, dillar ham obod bo’ladi. OBod va ko’rkam yurtga to’ylar, tantanalar yarashadi. Manzillar, hududlarni obod etish va obodonlashtirilishida mazkur soha vakillarinning hissasi beqiyosligi hech kimga sir emas.

Aytish lozimki, mazkur yo’nalishda tumanimizning obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari astoydil mehnat qilishmoqda. Tuman boshqarmasi rahbari Bobojon Jalolovning so’zlariga ko’ra, davlatimiz rahbari va bevosita hukumatimizning bevosita e'tibori tufayli bugun korxonaning moddiy-texnika bazasi ham mustahkamlanmoqda.

Bugun korxonaning maxsus texnikalar soni 9 taga yetdi. Bugun tumanimizning “Do’stlik” dam olish maskanida boshqarma xodimlariga yangi texnika va mexanizmlarning kalitlari topshirildi. Boshqarmaga yangi yuk ko’taruvchi mexanizm va yuk tashish mashinasi taqdim etildi.

Berilgan yangi texnikalarning qiymati salkam 1 milliard so’mni tashkil etadi. Bu texnikalar xizmati orqali boshqarmada faoliyat olib borayotgan 140 nafar xodimlarning og’iri yengil bo’lishiga ishonamiz. Yaqin kunlarda korxonaga yana ikkita yangi texnika olib kelinishi rejalashtirilgan.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram