Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 2 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SARIKANDA MAHALLASINING ICHKI KO’CHALARI MANZILLI DASTUR ASOSIDA ASFALTLASHTIRILMOQDA

×

 2023-04-13 09:20:12    58

PDF yuklash
Chop etish


Sarikanda mahallasining ichki ko’chalari manzilli dastur asosida asfaltlashtirilmoqda

Tumanimizda olib borilayotgan obodonlashtirish va qurilish-ta'mirlash ishlari xalqimiz manfaatiga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir. Bugun davlatimiz rahbari e'tibori doirasida boshlangan islohotlar samarasi qilinayotgan amaliy ishlarda namoyon bo’lmoqda.

Tumanimizning Sarikanda mahalla fuqarolar yig’inida ayni kunda Prezidentimizning 408-sonli qarori asosida asfaltlashtirish ishlari olib borilyapti. Mahalladagi ichki ko’chalarga mazkur qaror asosida asfalt qoplamasi yotqizilmoqda.

- Albatta, qilinayotgan barcha ishlardan bugun xalqimiz mamnun, chunki asfaltlashtirishdan va ba'zi ko’chalarga beton qoplmasi yotqizishdan oldin mahallaning barcha xonadonlariga ichimlik suvi tarmog’i tortib berildi. Umumiy hisobda 408-sonli qarorga muvofiq Sarikanda mahalla fuqarolar yig’inida 8 600 metr uzunlikdagi yo’llar asfaltlashtiriladi va bu maqsadlarga davlatimiz tomonidan 2 milliard 852 million 600 ming so’m mablag’ yo’naltirilgan, - deydi mazkur mahalla fuqarolar yig’ini raisi Bahodir Safoyev.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram