IFTORLIK TADBIRIDA QO’SHNI QIRG’IZISTON RESPUBLIKASI VAKILLARI HAM ISHTIROK ETISHDI
2023-04-13 09:04:56 120
Iftorlik tadbirida qo’shni Qirg’iziston respublikasi vakillari ham ishtirok etishdi
Ro’zai ramazon kunlarida insonlar o’rtasidagi mehr-oqibat, o’zaro hurmat va izzat mustahkamlanishi aniq voqelik va hayotiy haqiqat sanaladi. Ayniqsa, yon qo’shnilar bilan qilingan iftorlik o’rtadagi rishtalarni yanada mustahkamlanishida asosiy omil bo’lib xizmat qiladi.
Ayni kunlarda Respublikamiz hududida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan iftorlik tadbirlari o’tkazilmoqda. Tashkil etilayotgan iftorliklarda qo’shni Qirg’iziston respublikasi vakillarining ishtiroki milliy mehmondorchiligimizning o’ziga xosligidan dalolat bo’lsa, boshqa jihatdan bu yaqinlik o’rtadagi munosabatlarni yanda rivoj topishida katta ahamiyatga ega.
Devayron mahallasida tashkil etilgan iftorlik dasturxonida qo’shni Qirg’izistonning Batken rayoni Bo’z-adir ovulida istiqomat qiladigan fuqarolar ham ishtirok etdilar. Respublikamizda kam ta'minlangan, ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi bo’lgan fuqarolarga berilayotgan e'tibor davlat rahbarining odilona siyosatidan nishona ekanligini ta'kidlagan qo’shni davlat vakillari taklif uchun o’zlarining minnatdorchiliklarini izhor etdilar.
Tadbirda ishtirok etgan din vakillari Qur'oni Karimdan oyatlar tilovat qilib, tinchlik va osoyishtalikni so’rab duolar qilishdi. Qilinayotgan amaliy ishlar va tashkil etilayotgan bunday tadbirlar ikki davlat o’rtasidagi do’stlikni mustahkamlanishiga xizmat qilishi yana bir karra ta'kidlandi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram