Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’ZBEKISTON VA QIRG’IZISTON SO’XDAGI YEROSTI GAZ OMBORINI TIKLASHNI BOSHLADI

×

 2023-04-13 09:01:45    69

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston va Qirg’iziston So’xdagi yerosti gaz omborini tiklashni boshladi


O’zbekiston Prezidentining Qirg’izistonga davlat tashrifi chog’ida So’xdagi yerosti gaz omborini tiklash bilan bog’liq kelishuvlar amalga oshirilgan edi.


10 aprel, dushanba kuni Energetika vazirligi boshchiligidagi Ishchi guruh «Shimoliy So’x» GYoSIda tabiiy gazni saqlash tizimini tiklashga doir loyiha doirasidagi tadqiqotlarni o’tkazish uchun mavjud muammolarni o’rganish maqsadida Qirg’izistonning Qadamjay tumaniga bordi.


Qirg’iziston tarafidan tuzilgan ishchi guruhi bilan uchrashuvda yo’l xaritasida ko’zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish muhokama qilingan. Qirg’iziston hududidagi gaz quduqlarining holati ko’zdan kechirilib, loyiha doirasida amalga oshiriladigan navbatdagi qadamlar belgilab olingan.


Eslatib o’tamiz, O’zbekiston Prezidentining Qirg’izistonga davlat tashrifi chog’ida So’xdagi yerosti gaz omborini tiklash bilan bog’liq kelishuvlar amalga oshirilgan edi. «Shimoliy So’x» GYoSIda tabiiy gazni saqlash tizimini tiklash» loyihasi ham shu rejadan o’rin olgan.


Shuningdek, ikki davlat energetika vazirlari tomonidan ham mazkur loyihaning texnik-iqtisodiy asosini tayyorlash uchun «Yo’l xaritasi» imzolangan. Jumladan, O’zbekiston tomonidan 15 kishidan iborat Ishchi guruh ham shakllantirildi. «O’zLITIneftgaz» AJ bilan birgalikda «Shimoliy So’x» GYoSI quduqlarida dala tadqiqotlarini o’tkazish uchun texnik topshiriq ishlab chiqildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram