Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 227 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XAYR VA SAVOB AMALLARI TUMANDA KENG QULOCH YOYMOQDA

×

 2023-04-11 17:13:19    81

PDF yuklash
Chop etish


Xayr va savob amallari tumanda keng quloch yoymoqda

Ro’zai ramazon kunlarida kam ta'minlangan, ijtimoiy ko’makka muhtoj fuqarolar holidan xabar olish xayr va savob amal hisoblanadi. Ushbu yo’nalishda saxovatpesha tadbirkorlar tomonidan qilinayotgan ehsonlar bunday yurtdoshlarimizning qalbidan aslo o’chmaydi.

Tadbirkorlar va ishbilamronlar harakati – O’zbekiston liberal-demokratik partiyasi So’x tumani bo’limi rahbari Habibullo Yormatov va tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan tashkil etilgan ramazon sovg’alari 1-sektor hududidagi ehtiyojmand fuqarolarga manzilli yetkazib berildi. Mehmonlarni minnatdorchilik bilan qabul qilgan mezbonlar saxovatpesha tadbirkor ishining rivojini tilab, duolar qildilar.

Aytish lozimki, fuqarolarimizga nafaqat oziq-ovqat mahsulotlari, balki qimmatbaho sovg’alar va ish qurollari ham berilmoqda. Saxovatpesha homiylar tomonidan Qal'acha mahallasida yashovchi, “Temir daftar” ro’yixatida bo’lgan fuqaro Farxiddin Nizomovga yangi uy qurib berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram