Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 2 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMANIMIZNING “SUG’DIYONA” SPORT MAJMUASIDA FUTBOL VA MINI-FUTBOL BO’YICHA AN'ANAVIY DXX KUBOGINING SARALASH BOSQICHIGA START BERILDI

×

 2023-04-11 17:07:30    72

PDF yuklash
Chop etish


Tumanimizning “Sug’diyona” sport majmuasida futbol va mini-futbol bo’yicha an'anaviy DXX kubogining saralash bosqichiga start berildi


Yoshlarni, ayniqsa, uyushmagan, ayni paytda ishsiz yoshlarni sportga kengroq jalb etish, shuningdek, aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini keng targ’ib qilish, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanishiga, xususan, sportning mini-futbol va futbol turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash maqsadida Qo’shtepa tumanida Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalariga start berildi.


Bugun, tumandagi “Sug’diyona” sport majmuasida musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Ochilish marosimida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, sektor rahbarlari hamda tegishli tashkilot mutasaddilari ishtirok etishib, futbol jamoalariga omadlar tilashdi.


Shundan so’ng ilk bellashuvlarga start berildi. Ta'kidlash joizki, mazkur DXX kubogining saralash musobaqasi dastlab, tumandagi 4 ta sektor kesimida 27 ta mahalla yoshlaridan tashkil topgan jamoalar hududlarga bo’lingan holda o’zaro kuch sinashadi. G’olib jamoalar tuman, viloyat va respublika bosqichlarida ishtirok etishadi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram