Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OFTOBRUNING ICHKI KO’CHALARI ASFALTLASHTIRILMOQDA

×

 2023-04-11 16:50:25    65

PDF yuklash
Chop etish


Oftobruning ichki ko’chalari asfaltlashtirilmoqda

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 25 oktyabr 2022 yildagi 408-sonli “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga binoan So’x tumani hududida jami bo’lib 18 milliard 700 million so’mlik obodonlashtirish va qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Ayni kunda tumanimizning mahallalarida ushbu qaror doirasida keng ko’lamli ishlar olib borilyapti.

Oftobru mahalla fuqarolar yig’inida ham 408-sonli qaror asosida mahalla yo’llari va ichki ko’chalarini asallashtirish ishlari olib borilyapti. Bu ishlarga davlatimiz tomonidan 1 milliard so’mdan ortiqroq mablag’ yo’naltirilgan.

Mahalla raisi Abror Zunnunovning so’zlariga ko’ra, mahallaning 2 400 metr masofadagi yo’llari asfaltlashtiriladi. Barcha ishlar albatta sifatli bajarilishi kerak va buning uchun jamoatchilik nazorati yo’lga qo’yilgan.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram