Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XONADONLARDA IFTORLIK TADBIRLARI O’TKAZILMOQDA

×

 2023-04-11 16:39:03    62

PDF yuklash
Chop etish


Xonadonlarda iftorlik tadbirlari o’tkazilmoqda


Muborak Ramazon oyi munosabati bilan So’x tumanidagi kam ta'minlangan, ehtiyojmand oilalar uchun «Bir musulmonning og’irini yengil qilish — bizga ham qarz, ham farz», degan ezgu g’oya asosida iftorlik dasturxonlari yozilmoqda. Ayni kunlarda sektorlar rahbarlari, imomlar joylarda iftorlik tashkil etib, hikmatli sabr oyida mehr-muruvvat va saxovat kabi yuksak fazilatlarni keng namoyon etmoqda.


Jumladan, tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tashabbusi bilan Sohibkor mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi Sabohat Qurbonova xonadonida iftorlik dasturxoni yozildi. Sabohat-opaning xonadonidagi iftorlik dasturxoniga uning yaqinlari taklif etilib, to’kin dasturxon atrofida Vatanimizga tinchlik, joylarda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlarga bardavomlik, har bir xonadonga fayzu barokat tilab, duo qilindi.


Mamlakatimizda yuz berayotgan beqiyos o’zgarishlar, xalqimiz farovonligini ta'minlash yo’lida ko’rsatilayotgan g’amxo’rliklar, joylarda keng quloch yozayotgan milliy qadriyat va an'analarimizning yosh avlod tarbiyasidagi o’rni singari mavzularda dildan suhbatlashildi. Iftorlik tadbirida mazkur xonadonga tuman hokimligi, saxovatpesha tadbirkor Habibullo Yormatov va “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari va farzandlariga sarpolar taqdim etildi.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram