SAVOL BERING, JAVOB BERAMIZ
2023-04-11 16:36:17 127
Savol bering, javob beramiz
Savol: Referendum o’tkazuvchi okrug va uchastka komissiyalariga kimlar a'zo bo’lishlari mumkin?
Javob: O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasi Referendumi to’g’risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan Referendum o’tkazuvchi okrug va uchastka komissiyalariga yigirma bir yoshga to’lgan, o’rta yoki oliy ma'lumotga, qoida tariqasida, saylovga hamda referendumlarga tayyorgarlik ko’rish va ularni o’tkazish borasida ish tajribasiga ega bo’lgan, aholi o’rtasida obro’-e'tibor qozongan fuqarolar referendum o’tkazuvchi okrug va uchastka komissiyasining a'zolari bo’lishi mumkin.
Shuningdek, siyosiy partiyalarning a'zolari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, prokuratura organlarining, sudlarning mansabdor shaxslari, fuqarolarning tashabbuskor guruhi tarkibiga kiruvchi shaxslar referendum o’tkazuvchi okrug va uchastka komissiyasining a'zosi bo’lishi mumkin emas.
F.Boboyev - So’x tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram