Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BUYUK SARKARDA AMIR TEMUR TAVALLUDIGA BAG’ISHLAB TADBIR O’TKAZILDI

×

 2023-04-08 15:39:34    86

PDF yuklash
Chop etish


Buyuk sarkarda Amir Temur tavalludiga bag’ishlab tadbir o’tkazildi

9 aprel kuni buyuk sarkarda Amir Temur tavallud topganiga 687 yil to’ladi. Mazkur sanaga bag’ishlab tumanimizda ham turli tadbirlar o’tkazilmoqda.

Saribozorcha mahalla fuqarolar yig’inidagi 29-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida bo’lib o’tgan tadbir "Biz Temur avlodimiz" mavzusi ostida o’tkazildi. Mazkur tadbir O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Farg’ona viloyati qo’riqlash boshqarmasi So’x tumani qo’riqlash bo’limi hamkorligida tashkil etildi.  

-Tadbirda Amir Temur va temuriylar davri davlatchiligi, ma'naviyati, o’zining salohiyati, mazmuni, tarbiyaviy kuchi va ta'siri bilan xalqimiz tarixida alohida o’rin tutgani borasida so’z yuritildi, - deydi tuman qo’riqlash bo’limi boshlig’i, podpolkovnik Rustam Mamajonov. – Amir Temurning bir necha ming yillik ijtimoiy-siyosiy tarixini har taraflama o’rganish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Birgina «Temur tuzuklari» ilmiy jamoatchilikni asrlar mobaynida qiziqtirib kelayotgani ham Temuriylar davrida ma'naviy ma'rifiy ishlarga alohida ahamiyat qaratilganini anglatadi.

Tadbir davomida Amir Temur hayotiga doir savol-javoblar kechasi tashkil etildi. Tadbirda ishtirok etgan o’quvchilarga mavzuga oid qimmatli ma'lumotlar yetkazildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram