Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QAL'ACHA MAHALLA FUQAROLAR YIG’INIDA HAM IFTORLIK DASTURXONI YOZILDI

×

 2023-04-08 15:33:47    92

PDF yuklash
Chop etish


Qal'acha mahalla fuqarolar yig’inida ham iftorlik dasturxoni yozildi

Ro’zai ramazon kunlarida iftorlik dasturxoni ochish, kam ta'minlangan oilalar, ehtiyojmand fuqarolarga ziyofatlar tashkil etish tumanimizda davom etmoqda. Qal'acha mahalla fuqarolar yig’inidagi mahalla guzarida tashkil etilgan mana shunday iftorlik tadbiriga mahalla mutasaddilari asosan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” ro’yixatiga kiritilgan fuqarolarni taklif etdilar.

Tashkil etilgan iftorlik dasturxonida tuman hokimligi vakillari, din vakillari, nuroniy otaxon va onaxonlar ishtirok etdilar. Shukronalik qilish va bo’layotgan o’zgarishlarga nisbatan xayrixoh bo’lish insoniy fazilat ekanligi, bunday xayriya tadbirlarining asosiy maqsadi ham jamiyatda tinchlik va totuvlikni mustahkamlashga qaratilgani tadbir tashkilotchilari tomonidan ta'kidlandi.

Qur'oni Karimdan oyatlar tilovat qilib, berilgan ne'matlardan samarali foydalanish, o’tayotgan umrimizning har bir daqiqasiga shukr qilib yashash farovonlikning asosiy omili ekanligi din vakillari tomonidan qayd etib o’tildi. Dalillar  va hadisi sahihdan keltirilgan hayotiy haqiqatlar ham tadbir ishtikrochilariga aniq misollar bilan tushuntirildi.

Ayni kunda tumanimizning barcha hududlarida mana shunday iftorlik tadbirlari tashkil etilmoqda. Shuning barobarida, tuman hokimligi va saxoatpesha tadbirkorlar tomonidan ehtiyojmand fuqarolar xonadonlarida ham iftorlik dasturxoni yozilmoqda.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram