QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR
2023-04-08 15:21:56 120
Qoida tariqasi, bog’chada oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar sifatini o’rganish bo’yicha brakeraj komissiyasi tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyulda qabul qilingan 626-son “Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog’lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida” gi qaroriga binoan Mazkur komissiya oshxonaga qabul qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar sifatini doimiy o’rganib boradi.
O’rganish natijalari alohida yuritiladigan brakeraj daftarlarida qayd etiladi.
Maktabgacha ta'lim tashkiloti hamshirasi brakeraj komissiyasining raisi bo’lib, quyidagilar komissiya a'zolari hisoblanadi:
tarbiyachi;
oshpaz;
tashkilot kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi;
tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar vakillari.
Shoxrux Sobirov - Rishton tuman adliya bo’limi inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo’llash amaliyotini o’rganish bo’linmasi bosh maslahatchisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram