TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASIDA DOLZARB MAVZUDA AMALIY SEMINAR O’TKAZILDI
2023-04-08 15:18:10 126
Tuman tibbiyot birlashmasida dolzarb mavzuda amaliy
seminar o’tkazildi
Bugun So’x tumani tibbiyot birlashmasida tuman favqulodda vaziyatlar bo’limi bilan hamkorlikda “Odamlar va hayvonlar o’rtasida Krim-Kongo gemorragik isitma va ko’ydirgi kasalligi tarqalishini oldini olishda FVDqT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida amaliy seminar o’tkazildi. Mazkur tadbir Farg’ona viloyati hokimi - Fuqaro muhofazasi boshlig’ining buyrug’i bilan tasdiqlangan tashkiliy ko’rsatmaga asosan tashkil etildi va bajarildi.
Amaliy seminarning avvalida So’x tumani favqulodda vaziyatlar bo’limi FVDT va FM bo’linmasi boshlig’i Farxiddin Saidov mazkur tadbirning mazmun-mohiyati haqida ma'lumot berdi. Tadbir davomida veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo’limi bosh mutaxassisi B. Xidiraliyev ishtirokchilarga “Hayvonlar o’rtasida Krim-Kongo gemorragik isitma va kuyddirgi kasalligini oldini olish bo’yicha olib borilayotgan profilaktik tadbirlar, va mavjud muammolar” haqida o’z ma'ruzasida ishtirokichlarga tushuntirishlar berdi.
Tadbir jarayonida So’x tuman SEO va JSB mutaxassis vrachi, tuman tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo’limi bosh vrachi ham aholi o’rtasida aniqlangan kasalliklar holati va uni oldini olishga qaratilgan ishlar xususida ma'ulmotlar berishdi. Savol-javoblarga boy bo’lgan mazkur tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram