BILASIZMI?
2023-04-08 15:12:46 136
Bilasizmi?
16 yoshga to’lmagan nogiron bolasi bor ayollarga har yili 3 ish kunidan kam bo’lmagan haq to’lanadigan qo’shimcha ta'til beriladi.
Shuningdek, 16 yoshga to’lmagan nogiron bolasi bor ota-onaning biriga haq to’lagan holda oyiga qo’shimcha bir dam olish kuni beriladi.
16 yoshgacha bo’lgan nogiron bolani tarbiyalayotgan ota-onalardan biriga nogiron bolaning sanatoriyda davolangan barcha davri uchun unga yakka tartibda parvarish zarurligi to’g’risidagi tibbiy xulosa mavjud bo’lganda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi beriladi.
16 yoshgacha bo’lgan nogiron bolani parvarishlashda band bo’lgan ona kasal bo’lib, bolani parvarishlashga qurbi yetmay qolgan hollarda, parvarish bilan band bo’lgan ishlayotgan boshqa oila a'zolari yoki qarindoshlariga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi beriladi.
Sh. Sobirov - Farg’ona viloyat adliya boshqarmasi Rishton tumani adliya bo’limi inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo’llash amaliyotini o’rganish bo’linmasining bosh maslahatchisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram