Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 195 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

EHTIYOJMAND VA BOQUVCHISINI YO’QOTGAN FUQAROLAR HOLIDAN XABAR OLINDI

×

 2023-04-08 15:05:16    90

PDF yuklash
Chop etish


Ehtiyojmand va boquvchisini yo’qotgan fuqarolar holidan xabar olindi

Muqaddas ramazon oyining ulug’ kunlarida kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holidan xabar olish va ularning ko’ngliga shodlik ulashish bizning xalqimizga xos ezgu fazilatlardandir. Zotan, ulug’ ayyom kunlarida qilingan har bir xayrli va ezgu amalning ajru savobi ham o’zgacha.

Tuman hokimligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, saxovatpesha tadbirkorlarning xayru saxovati sabab bugun 1-sektor hududidagi mahallalarda istiqomat qiladigan ehtiyojmand fuqarolar, boquvchisini yo’qotgan yurtdoshlarimizga sovg’a-salomlar ulashildi. Sohibkor va Tul mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi ushbu fuqarolarimizga oziq-ovqat mahsulotlari va ularning farzandlariga sarpolar manzilli yetkazib berildi.

Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, ishbilarmon tadbirkor Habibullo Yormatov ishtirokidagi ishchi guruh a'zolari ushbu mahallalardagi fuqarolar holidan xabar oldilar. “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi Rasuljon Mirsaidovning bildirishicha, bunday ezgu amallar ramazon oyi oxirigacha davom ettiriladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram