Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMANIMIZNING «TASHABBUSLI BYUDJET» LOYIHASININING G’OLIBLARI E'LON QILINDI

×

 2023-04-08 14:58:28    137

PDF yuklash
Chop etish


Tumanimizning «Tashabbusli byudjet» loyihasinining g’oliblari e'lon qilindi


«Tashabbusli byudjet» loyihasining 2023 yildagi 1-mavsumiga ovoz berish 7 aprelda yakunlandi. So’x tumanida ham 4 ta loyiha, jumladan, tumanimizdagi Qal'a, Istiqlol, Navobod va Rovon mahalla fuqarolar yig’ini aholisi tomonidan taklif etilgan loyihalar ko’p ovoz olib g’olib deb topilgan.

G’olib bo’lgan loyiha-takliflar:

Umumta'lim maktablarini ta'mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari bo’limiga kiritilgan Farg’ona viloyati So’x tumani Qal'a MFY da joylashgan 3-sonli maktab hududiga zamonaviy stadion qurish taklifi. Ovozlar soni 2 460 ta. Ajratilgan mablag’ 500 000 000 so’m;

Ko’cha chiroqlarini o’rnatish yoki ta'mirlash (transformator, simyog’och o’rnatish) tadbirlari bo’limiga kiritilgan So’x tuman Istiqlol MFY “Obodlik”, “Shifokor”, “Qahramon” va “Baxt” ko’chalariga 120 dona betonli simyog’ochlar, 6 kilometr elektr tarmog’i va 2ta transformator o’rnatish taklifi. Ovozlar soni 1 578 ta. Ajratilgan mablag’ 1 milliard 200 000 000 so’m;

Drenaj va ariq (zovur) larni tartibga keltirish bilan bog’liq tadbirlar bo’limiga kiritilgan So’x tuman Navobod MFY “Ahil” ko’chasining 1 kilometr ariqlariga betonli lotoklar o’rnatish taklifi. Ovozlar soni 1 522 ta. Ajratilgan mablag’ 1 000 000 000 so’m;

Sport muassasalarini ta'mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari bo’limiga kiritilgan So’x tuman Rovon MFY da joylashgan markaziy o’yingoh futbol maydonini ta'mirlash taklifi. Ovozlar soni 970 ta. Ajratilgan mablag’ 700 000 000 so’m.

Aytish joyizki, barcha g’olib bo’lgan takliflar tumanimizning 2-sektoridagi mahalla fuqarolar yig’ini hududida joylashgan. G’olib bo’lgan takliflarga ajratilgan mablag’ning umumiy miqdori 3 milliard 784 million so’mni tashkil etadi.

Biz tuman hokimligi nomidan takliflari g’olib bo’lgan barcha mahallalarni tabriklaymiz va o’z hududi uchun jon kuydirib, bu loyihada faol ishtirok etgani uchun minnatdorchilik bildiramiz va barcha tumandoshlarimizdan “Tashabbusli budjet” loyihasining keyingi mavsum jarayonlarida faol bo’lishlarini so’rab qolamiz. G’olib bo’lgan loyihalar bilan shu yerda -  https://openbudget.uz/boards-list/1?page=1&region=11&district=146 manzili orqali tanishishingiz mumkin.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram