Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“AFZAL” FIZIOTERAPIYA MARKAZI TUMAN AHOLISI XIZMATIDA

×

 2023-04-07 18:15:11    68

PDF yuklash
Chop etish


“Afzal” fizioterapiya markazi tuman aholisi xizmatida

Tibbiyot sohasiga berilayotgan e'tibor zamirida xalqimizning sog’ligi, o’sib kelayotgan avlod, Respublikamiz ahlining salomatligi mujassam. Sohada olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar ham xalqimiz manfaatiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Tuman tibbiyot birlashmasida qurilgan yangi davolanish bo’limlari, diagnostika va tashxis binolari, sohaga berilayotgan zamonaviy asbob-dastgohlar ham yuqoridagi ezgu maqsadlarning amaldagi ijrosiga qaratilgan. Shu bilan birga, Respublikamizning barcha hududlarida bo’lgani kabi, bizning tumanimizda ham xususiy klinika va tibbiyot diagnostika shoxobchalarining soni ortib bormoqda.

So’x tuman tibbiyot birlashmasida tashkil etilib, bugun foydalanishga topshirilgan mo’'jazgina fizioterapiya markazi ham xalqimiz salomatligini asrashda qo’yilgan navbatdagi qadam hisoblanadi. Ikkinchi sektor hududida ochilgan mazkur “Afzal” fizioterapiya markazi butun tuman ahliga xizmat ko’rsatadi.

Mazkur markaz ochilish marosimida ishtirok etgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman prokurori Sadirali Mirzokarimov, tuman soliq inspektsiyasi boshlig’i Faridjon To’raboyev, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis deputati Ahmadjon G’aniyevlar tadbirkor Dilrabo Sultoniyonga minnatdorchlik bildirib, tashkil etilgan markaz uchun tuman hokimligi nomidan qimmatbaho sovg’alar taqdim etdilar. Tadbirkorning bildirishicha, mazkur markazda 8ta zamonaviy tibbiyot asbob-dastgohlar o’rnatilgan bo’lib, anyi kunda 4 nafar tibbiyot sohasi xodimining bandligi ta'minlangan.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram