Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 47 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QAL'A MAHALLASI FUQAROLARI UCHUN IFTORLIK DASTURXONI YOZILDI

×

 2023-04-07 18:13:38    91

PDF yuklash
Chop etish


Qal'a mahallasi fuqarolari uchun iftorlik dasturxoni yozildi

Ramazon shukuhi qalblarga musaffolik va sokinlik olib kirmoqda. Bu oyda keksalar, boquvchisini yo’qotganlar, bemorlar hamda imkoniyati cheklanganlar holidan xabar olinib, ularga mehr ulashilmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan “Yangi O’zbekiston Konstitutsiyasi davlat birligi ramzi” mavzusi ostida tashkil etilayotgan iftorlik tadbirlari ham ayni shu ezgu maqsadni o’zida mujassam etgan.

Tumanimizning muhtasham “Sohil” tantanalar majmuasida tashkil etilgan iftorlik tadbiriga bu gal Qal'a mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi aholi taklif qilindi. Tadbirga asosan kam ta'minlangan, ehtiyojmand fuqarolar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar vakillari taklif etildi.

Tadbir avvalida so’z olgan tuman mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i Abdushukur To’raboyev tashkil etilayotgan iftorlik tadbirlari haqida gapirdi. Ta'kidlandiki, ro’zai ramazon kunlarida tashkil etilayotgan bunday xayrli amallar har bir inson ko’ngliga, shikasta qalblarga malham bo’lmoqda.

Tadbirda ishtirok etgan mahalla ahli ham bunday ezgu maqsadni o’zida mujassam etgan tadbirlar haqida samimiy fikrlar bildirib, buning uchun davlatimiz rahbariga samimiy minnatdorchilik bildirdilar. Tadbirda ishtirok etgan barcha din vakillari ham Qur'oni Karimdan oyatlar tilovat qilib, Vatan tinchiligi va xalqimiz farovonligi niyatida qo’llarini duoga ochdilar.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram