QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR
2023-04-06 17:27:42 111
Qonunchilikdagi yangiliklar
2023 yil 1 maydan Ma'muriy jarimalar 15 kun ichida to’lansa, 50 foiz chegirma qo’llaniladi
O’zbekiston Respublikasi Prezidantining 2023 yil 23 martda qabul qilingan “Aholiga ma'muriy jarimalarni to’lashda qo’shimcha qulayliklar yaratish hamda sohada korruptsion omillarni bartaraf etish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-99-sonli qaroriga muvofiq, ma'muriy huquqbuzarliklar bo’yicha qo’llanilgan jarimani ixtiyoriy to’lash tizimi yanada soddalashtiriladi.
Shunga ko’ra, 2023 yil 1 maydan:
huquqbuzar unga jarima solish to’g’risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini, 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy to’lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to’lashdan ozod qilinadi.
Mazkur tartib endilikda sud qarorlariga asosan qo’llaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Shoxrux Sobirov - Rishton tuman adliya bo’limi inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo’llash amaliyotini o’rganish bo’linmasi bosh maslahatchisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram