FARZANDLARINI MODDIY TA'MINLASHDAN BO’YIN TOVLASHDI...
2023-04-06 17:20:44 97
Farzandlarini moddiy ta'minlashdan bo’yin tovlashdi...
Majburiy ijro byurosi So’x tuman bo’limi tomonidan bo’lim ish yurituvida bo’lgan aliment undirish bilan bog’liq ijro hujjati bo’yicha uzoq muddat aliment qarzini to’lashdan bo’yin tovlab kelayotgan 3 nafar qarzdorlarga nisbatan to’plangan hujjatlar O’zbekiston Respublikasi MJtKning 47.4-moddasiga asosan Jinoyat ishlari bo’yicha So’x tumani sudiga taqdim qilindi.
Mazkur ma'muriy ishlar JIB So’x tuman sudida ko’rib chiqilib, sudning 05.04.2023 yilgi qaroriga asosan majburiyatini bajarmagan qarzdorlar ya'ni, A.I. 26.4 mln. so’m, X.N. 8,1 mln. so’m va S.B. 5,3 mln. so’m miqdorida aliment qarzlarini to’lamaganligi sababli, ularga nisbatan 15 sutkadan ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.
MIB So’x tumani bo’limi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram