Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 1 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMAN SOLIK INSPEKTSIYASI BOSHLIG’I HISOBOTI

×

 2023-04-06 17:16:55    61

PDF yuklash
Chop etish


So’x tuman solik inspektsiyasi boshlig’i

HISOBOTI

 

    Prezidentimiz ta'kidlaganidek, jonajon O’zbekiston milliy rivojlanishning yangi davriga dadil qadam qo’ymoqda. Hayotimizning barcha jabhalarida, xususan soliq tizimida ham ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Oliy Majlis va O’zbekiston xalqiga Murojatnomasida ham soliq tizimida amalga oshirishi lozim bo’lgan muhim o’zgarishlarini belgilab berdi.

   Xususan, mol-mulk va yer soliqlarining bir qismi mahallaning o’zida qo’llashi kutilayotgan “Mahalla byudjeti” tizimi joriy etilmoqda. Shuningdek tumanlarning iqtisodiy rivojlanishiga qarab turli soliq stavkalari qo’llanilishi ko’zda tutilmoqda. Misol uchun sharoiti eng og’ir bo’lgan respublikadagi 20-ta tumanlarning aylanmadan olinadigan soliq, foyda solig’i, ijtimoiy soliq stavkalari 1 foizga pasaytirildi. Jismoniy shaxslarning qat'iy solig’i bekor qilinishi ko’zda to’tilgan. Qushilgan qiymat solig’i 2022 yilda 15 foizdan 2023-yil 1-yanvardan 12 foizga pasaytirilmoqda. 2023-yil yanvar oyidan boshlab So’x tumanida 49-ta yangi korxonalar tashkil kilib 118-ta ish o’rni yaratildi.

    Shu bilan birga Prezidentimiz Murojatnomada davlat idoralari tadbirkorlarga servis xizmati ko’rsatishi lozimligi va yangi yilda mazkur jarayon bo’yicha baholash tizimi joriy etilishini aytib o’tilar.

    Albatta, soliq xizmati organlari ham “Soliqchi-ko’makchi” tamoyili asosida soliq to’lovchilarga xizmat ko’rsatishni davom ettirmoqda. Shu maqsadda So’x tuman soliq inispeksiyasi xodimlari tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar olib borilayotganligi hamda ularga soliq sohasidagi o’zgarishlar bo’yicha uchrashuvlar olib borishmoqda.

   Xususan 2023-yil  mart oyi davomida 218-ta tadbirkorlarni kinayotgan muamolari o’rganildi.

   Biz soliq idoralari xodimlari bundan buyon ham albatta, Prezidentimiz belgilab berganlaridek, tadbirkorlarga maslahatchi, ko’makchi va yaqin hamkor sifatida faoliyatimizni davom ettiramiz.

        Faridjon To’raboyev – So’x tumani DSI boshlig’i




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram