Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DAVLAT E'TIBORI ASOSIDA UCH NAFAR SO’XLIK AYOLLAR UMRA ZIYORATINI ADO ETIB KELDILAR

×

 2023-04-06 17:09:59    104

PDF yuklash
Chop etish


Davlat e'tibori asosida uch nafar So’xlik ayollar umra ziyoratini ado etib keldilar

Har bir musulmon banda umrida Haj ziyoratini ado qilishni albatta orzu qiladi. Fuqarolarimizning bunday ezgu niyat va orzulari bugun davlatimiz rahbari e'tibori asosida ushalmoqda. Bu albatta, inson qadri ulug’ligi va fuqarolarimiz manfaati yuksakligidan dalolatdir. Insonga bo’lgan yuksak e'tibor bugun orzular ruyobining asosiy omili bo’lib xizmat qilayotir.

O’zbekiston Respublikasi din ishlari bo’yicha qo’mitaning So’x tumani vakili Tojiboy Dodoboyevning so’zlariga ko’ra, bunday ulug’ baxtga tumanimizdan uch nafar nuroniy onaxonlarimiz muvaffaq bo’ldilar. Bevosita davlatimiz rahbari e'tibori asosida ular umra ziyoratini ado etib keldilar.

Bunday baxtli insonlarning biri tumanimizning Chumoqcha mahallasida istiqomat qiladilar. Laylixon G’iyosova bir umr hajga borishni, muqaddas Ka'batullohni ziyorat qilishni niyat qilganlar. Umra ziyoratidan qaytgan opaning xonadonida bo’ldik.

- Taassurotlarim bir olam. Armonim yo’q. Buning hammasi Prezidentimizning e'tibori, ularning biz kabi insonlarga bo’lgan g’amxurligi natijasidir. Bunday e'tibor va g’amxurlik uchun davlatimiz rahbariga cheksiz minnatdorchilik bildiraman. Davlat hisobidan, bepul haj ziyoratini ado etish barchaga ertakdek tuyuladi. Bunday imkoniyat bizning Vatanimiz, yangi O’zbekistonda bor xolos, - deya duoga qo’l ochdi Laylixon-opa.

Darhaqiqat, bugun “inson qadri uchun” degan tamoyil amalda o’z isbotini topmoqda. Aslida, inson qadrini ulug’lash, ayniqsa, kam ta'minlangan va ehtiyojmand fuqarolarni qo’llab-quvvatlash odamiylikning eng oliy mezoni sanaladi. Bu mezon bizning davlatimizda qadriyat darajasiga ko’tarilgan.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram