Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 40 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JAVPAYA MASSIVI G’AZNOVLILKLARGA YANA YAQINROQ BO’LMOQDA

×

 2023-04-05 17:26:34    109

PDF yuklash
Chop etish


Javpaya massivi G’aznovlilklarga yana yaqinroq bo’lmoqda

Tumanimizda amalga oshirilayotgan ishlar, bajarilayotgan obodonlashtirish ishlari xalqimiz manfaatiga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir. Javpaya massivida olib borilayotgan ishlar ham halqimizning daromad manbaiga ega bo’lishlari uchun asosiy omil bo’lib xizmat qiladi.

1-sektor hududidagi G’aznov mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi aholi uchun Javpaya yo’li ancha yaqinlashmoqda. Shu kungacha mazkur mahalla aholisi Javpayaga Qal'acha mahallasi orqali qatnashardi.

Uzunligi 3 kilometr bo’lgan mazkur yo’lning ochilishida tuman yo’lsozlik idorasi ishchi-xodimlari astoydil harakat qilishmoqda. Ishlar jarayonini ko’zdan kechirgan tuman hokimi o’rinbosari Sodiqjon Murzoyevning ma'lumotiga ko’ra, mazkur barpo etilayotgan yo’l bevosita tuman hokimining tashabbusi hisoblanadi.

G’aznov mahallasida yashovchi fuqaro Isroiljon Jo’rayev mahalla ahli nomidan mazkur e'tibor uchun minnatdorchilik maktubi ham yo’llagan. – Endilikda ushbu yo’l orqali transport vositasi bilan ham bemalol harakatlanish mumkin, buning uchun barcha tashkilotchilarga mahalla ahli nomidan minnatdorchilik bildiramiz, - deb yozmoqda Isroiljon Jo’rayev.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram