Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 115 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YOSHLAR YETAKCHISI EHTIYOJMAND OILALARGA YORDAM BERMOQDA

×

 2023-04-05 09:09:11    63

PDF yuklash
Chop etish


Yoshlar yetakchisi ehtiyojmand oilalarga yordam bermoqda


Ro’zai ramazon kunlarida qilingan har bir ezgu amal va xayrli ishlarning o’ziga xos ajru savobi bor. So’x tumani Saribozorcha mahalla fuqarolar yig’ini yoshlar yetakchisi Muhib Azamjonov tashabbusi bilan mahalladagi ehtiyojmand oilalarga homiylar jalb etgan holda sovg’a-salomlar tashkil etildi.

Mazkur 10 xil oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat bo’lgan sovg’alar ro’zai ramazon kunlarida fuqarolarga manzilli yetkazib berildi. Shuningdek, yoshlar yetakchisining bildirishicha, mahalladagi 3 nafar fuqarolarning elektr energiyasiga bo’lgan qarzdorligi qoplab berildi.

Zotan, shikasta dillarni shod etish, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish odamiylikning eng oliy fazilatlaridan biri hisoblanadi. – Bunday ezgu amallar va savob ishlarni muntazam davom ettirmamiz, - deydi yoshlar yetakchisi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram