Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FARG’ONA VILOYATI HOKIMI SO’X TUMANIDA BO’LDI

×

 2023-04-02 15:53:55    79

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan So’x tumanida bo’ldi. Tumanga viloyat boshqarma boshliqlari, boshqa mutasaddi idoralar vakillari tashrif buyurishdi.


Viloyat hokimi dastavval Sohibkor mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan Javpaya suv nasos stantsiyasida bo’ldi. Nasos stantsiyasining ish jarayoni mutasaddilar bilan ko’zdan kechirildi.


Javpaya massivida bo’lgan viloyat hokimi olib borilayotgan ishlar jarayonini ko’zdan kechirdi. Yangi barpo etilayotgan o’rikzor plantatsiyasiga o’rik mevasi ko’chatini o’tqazdi.


Ro’zai ramazon kunlarida boshlangan ezgu amallarning rivoji uchun duolar qilindi. Novvost so’yildi va uning go’shti kam ta'minlangan oilalar, ehtiyojmand fuqarolarga tarqatib beriladi.


O’zlashtirilayotgan Qayroq massivida bo’lgan viloyat hokimi mazkur mavzedagi amaliy ishlarni ko’zdan kechirdi. Aholi bilan samimiy muloqotdan so’ng bu yerda ham yaxshi niyatlar bilan "qon chiqarildi".


Berilayotgan e'tibordan mamnun fuqarolarimiz davlatimiz rahbariga minnatdorchilik bildirib, viloyat hokimidan mazkur minnatdorchilikni yetkazishni so’radilar. Qayroq massivida ham Qur'oni Karimdan oyatlar o’qildi va qilinayotgan ishlarning samarasi uchun qo’l ochib, duolar qilindi.


Javpaya va Qayroq massivlaridagi o’zlashtirilayotgan yangi yerlarni aholiga tarqatib berish, bog’ qator oralariga kadi, za'faron shifobaxsh o’simligi, torvuz va qovun ekish bo’yicha tavsiyalar berildi. Javpaya va Qayroq massivlaridagi ishlarni jadallashtirish maqsadida tuman hokimi va tuman sektorlar rahbarlariga qat'iy va aniq ko’rsatmalar berildi.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram