QO’SHNI DAVLAT VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI
2023-04-01 17:00:09 103
Qo’shni davlat vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi
Bugun tumanimizda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va boshqa mutasaddi rahbarlar, shuningdek, tuman sektorlari rahbarlari ishtirokida Qirg’iziston respublikasi Batken rayoni mutasaddilari bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi. O’zaro do’stona tarzda bo’lib o’tgan uchrashuvda qo’shni davlat vakillari Batken rayoni hokimi boshchiligida qatnashdi.
Sharqobod mahallasida mehmonlarni kutib olgan tumanimiz vakillari ular bilan samimiy muloqot qilishdi. Muloqot chog’ida bahorgi yumushlarni, suv ta'minotidagi muammolarni o’zaro bamaslahat hal qilish va kamchiliklarni kelishilgan holda birgalikda bartaraf etishga kelishib olindi.
Devayron mahallasida bo’lgan mehmonlar daryo qirg’oqlarini mustahkamlashga doir olib borilayotgan ishlarni ko’zdan kechirishdi. Devayron mahalalsida faoliyat olib borayotgan "Avilon" tekstil korxonasida bo’lgan mehmonlar ish jaaryoni bilan tanishishdi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar eksportini yo’lga qo’yish bo’yicha takliflarini berishdi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram