INKLYUZIV TA'LIM SINFLARI O’QITUVCHILARIGA QO’SHIMCHA USTAMA TO’LANADI
2023-04-01 16:57:39 139
Inklyuziv ta'lim sinflari o’qituvchilariga qo’shimcha ustama to’lanadi
2021-yil 12-oktyabrda Vazirlar Mahkamasining 638-sonli “Alohida ta'lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarga ta'lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida” qaroriga muvofiq inklyuziv ta'lim sinflari o’qituvchilariga mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda quyidagicha ustama haqi to’lanishi belgilangan;
sinfda alohida ta'lim ehtiyojlari bo’lgan bir nafar bola uchun – lavozim maoshining 10 foizi;
2 nafar bola uchun – lavozim maoshining 20 foizi;
3 nafar bola uchun – lavozim maoshining 30 foizi;
ikki va undan ortiq inklyuziv ta'lim sinflarida 4 nafar va undan ortiq bola uchun ta'lim-tarbiya ishlarini olib borgan o’qituvchilarga va maxsus pedagoglarga – lavozim maoshining 40 foizi miqdorida.
Shoxrux Sobirov - Rishton tuman adliya bo’limi inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo’llash amaliyotini o’rganish bo’linmasi bosh maslahatchisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram