“MA'NAVIYAT FESTIVALI” SO’X TUMANI HUDUDLARIDA DAVOM ETMOQDA
2023-04-01 16:56:13 141
“Ma'naviyat festivali” So’x tumani hududlarida davom etmoqda
So’x tuman madaniyat markazining majlislar zalida “Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari!” shiori ostidagi bo’lib o’tgan ma'naviyat festivali Respublikamizdan tashrif buyurgan ma'naviyat targ’ibotchilari ishtirokida fayzli va tantanali tarzdao’lib o’tdi. Tadbirdan avval mehmonlar Istiqlol mahallasida yashovchi fuqarolar bilan uchrashib, ular bilan suhbat qilishdi va o’zlarining esdalik sovg’alarini taqdim etishdi.
O’tkazilgan tadbirda yangilanayotgan Konstitutsiyada O’zbekiston davlatining siyosiy-huquqiy maqomiga yangi “huquqiy davlat” va “ijtimoiy davlat” tushunchalari qo’shimcha kiritilayotganligi ta'kidlandi. Qayd etildiki, yangi O’zbekistonning yangilanayotgan Bosh Qomusi to’liq inson qadrini ulug’lashga xizmat qiladi.
O’tkazilgan targ’ibot tadbiri san'atkorlarning diltortar navolari bilan ham fayzli o’tdi. Ayni damda tarig’bot tadbiri tumanimizning Hushyor mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib o’tmoqda.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram