BILASIZMI?
2023-04-01 16:53:05 100
Bilasizmi?
Jismoniy shaxslardan meros yoki hadya tartibida, shuningdek tekinga olingan pul va natura shaklidagi daromadlar daromad solig’iga tortilmaydi.
Bundan quyidagilar mustasno:
• ilm-fan, adabiyot va san'at asarlarining, adabiyot hamda san'at asarlari ijrochilarining, shuningdek kashfiyotlar, ixtirolar va sanoat namunalari mualliflarining merosxo’rlariga (huquqiy vorislariga) to’lanadigan pul mukofotlari;
• yaqin qarindosh bo’lmagan shaxslar o’rtasidagi ko’chmas mulk, avtotransport vositalari, qimmatli qog’ozlar, yuridik shaxslarning ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) ulushlar.
I. Mahmudov - Farg’ona viloyat adliya boshqarmasi Rishton tumani adliya bo’limi inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo’llash amaliyotini o’rganish bo’linmasining yetakchi maslahatchi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram