Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 229 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OFTOBRU MAHALLASI AHLI UCHUN IFTORLIK TASHKIL ETILDI

×

 2023-04-01 16:48:51    79

PDF yuklash
Chop etish


Oftobru mahallasi ahli uchun iftorlik tashkil etildi

Davlatimiz rahbarining “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o’tkazish to’g’risida”gi qarori ijrosini ta'minlash hamda insonlar o’rtasida mehr-oqibat, saxovat, o’zaro xurmat-e'tiborni yanada mustahkamlash maqsadida tuman hokimligi, sektor rahbarlari va “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo’linmasi tashabbusi bilan mahalla fuqarolar yig’inlarida iftorlik tadbirlari tashkil etilmoqda. “Sohil” dam olish majmuasida tashkil etilgan navbatdagi iftorlik tadbirida Oftobru mahalla ahli ishtirok etishdi.

Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi va boshqa mutasaddilar odamlar o’rtasida o’zaro mehr-oqibat rishtalari yanada mustahkamlanadigan muborak ramazon oyida bunday tadbirlarning tashkil etilishida ham o’zgacha ma'no va mazmun borligi, bunday tadbirlar insonlar o’rtasidagi mehrni yanada yuksalishiga xizmat qilishini alohida ta'kidladilar. Iftorlikda ishtirok etgan imom-xatiblar Qur'oni Karimdan oyatlar qiroat qilib, ramazon oyining fayzu barokati haqida ma'ro’zalar qildilar.  

Tadbdirda Oftobru mahallasida istiqomat qilayotgan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilganlar shuningdek, kam ta'minlangan,  ehtiyojmand, nogironligi mavjud bo’lgan fuqarolar va nuroniylar uchun iftorlik dasturxoni yozildi. Keksa otaxonlar yurtimizda o’zaro mehr-oqibat rishtalarini mustahkamlash, diniy va milliy an'analarni ulug’lash, tinchlik va farovonlikni ta'minlash uchun amalga oshirilayotgan xayrli ishlar haqida gapirib, shukronalik bilan duoga qo’l ochdilar.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram