Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“MA'NAVIYAT FESTIVALI” SO’X TUMANIDA KO’TARINKILIK BILAN O’TMOQDA

×

 2023-04-01 16:46:51    72

PDF yuklash
Chop etish


“Ma'naviyat festivali” So’x tumanida ko’tarinkilik bilan o’tmoqda

Ayni kunlarda viloyatimiz bo’ylab “Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari!” shiori ostidagi ma'naviyat festivali o’tkazilmoqda. Taniqli shoir va olimlar, ma'naviyat va ma'rifat targ’ibotchilari, professor-akademiklar, san'at ustalari ishtirokida bo’lib o’tayotgan tadbirlarda yangilanayotgan yangi O’zbekiston Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati haqida ma'lumotlar berilmoqda.  

Purviqor tog’lar bag’rida joylashgan So’x tumanidagi ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar Sohibkor mahalla fuqarolar yig’inida aholi bilan muloqotdan boshlandi. Mehmonlar - Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari Minhojiddin Mirzo, "Ma'rifat" targ’ibotchilari jamiyati a'zosi Jamila Shermuhammedova, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Dilfuza Rahimova, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, «Mehnat shuhrati» ordeni sohibi Turg’un Beknazarovlarni mahalla ahli samimiylik bilan kutib oldilar.

Samimiy uchrashuvda barcha fuqarolar shukronaliklarini izhor qilishdi. Xonadonlarda bo’lgan mehmonlar hatto fuqarolarimiz bilan poliz ekinlari va kartoshka ekishda ishtirok etdilar.

Mazkur mahalladagi 27-umumta'lim maktabida bo’lib o’tgan Ma'naviyat festivalida yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati xususida gapirildi. Yangi Konstitutsiyaning negizida inson qadr-qimmati va manfaati oliy qadriyat darajasiga ko’tarilgani to’g’risida ma'lumotlar berildi.

San'atkorlar tomonidan ijro etilgan qo’shiqlar kechaga fayz bag’ishladi. San'atkorlarga hamovoz bo’lgan tadbir ishtirokchilari bo’lajak Referendumda faollik bilan qatnashishni alohida qayd etib o’tdilar.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram