TIBBIYOT XODIMLARINING TIBBIY FAOLIYATIGA TUSQINLIK QILISH JAVOBGARLIKGA SABAB BO’LADI
2023-03-31 16:39:08 132
Tibbiyot xodimlarining tibbiy faoliyatiga tusqinlik qilish javobgarlikga sabab bo’ladi
So’nggi yillarda mamlakatimizda sog’liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish, uni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishiga aylandi. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini, shoshilinch tibbiy yordamni va ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar tarmog’ini o’z ichiga oluvchi uch bosqichli milliy tibbiyot modeli yaratildi, aholiga ko’rsatilayotgan tibbiy xizmatlar samaradorligini, sifatini va qulayligini oshirish ta'minlanmoqda.
Shu bilan birga, oxirgi paytlarda bemorlar va ularning yaqin qarindoshlari tomonidan tibbiyot xodimlariga tajovuz qilish hollari ko’payib bormoqda. Bu jarayonda tibbiyot xodimlarini bemorlarning sog’lig’i yomonlashishida yoki o’limida asossiz ravishda ayblash, shuningdek hech bir sababsiz shifokorlarga va o’rta tibbiyot xodimlariga tajovuz qilish hollari yuz bermoqda.
Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to’sqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilovchi yangi modda bilan to’ldirilmoqda.
Ushbu Qonunning qabul qilinishi tibbiyot xodimlari huquqlarini himoya qilishga va ularning kasbiy faoliyatiga turlicha aralashuvlarning oldini olishga, shifokorlik kasbining maqomi hamda nufuzini oshirishga, fuqarolarga o’z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko’rsatilishiga xizmat qiladi.
O’zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga quyidagi qo’shimchalar kiritilmoqda:
«1977-modda. Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to’sqinlik qilish
Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to’sqinlik qilish yoki shu maqsadda tibbiyot xodimiga qonunga xilof ravishda har qanday shaklda ta'sir o’tkazish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o’n besh sutkagacha muddatga ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo’ladi».
Shermuxammad Ro’zimatovich Abdullayev - Fuqarolik ishlari bo’yicha So’x tuman sudi raisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram