TUMAN HOKIMI VA SEKTORLAR RAHBARLARI SO’XLIK TALABA YOSHLAR BILAN UCHRASHDI
2023-03-29 16:17:44 125
Tuman hokimi va sektorlar rahbarlari So’xlik talaba yoshlar bilan uchrashdi
Ta'limga e'tibor kelajakka e'tibor demakdir. Xabaringiz bor, ayni kunda Qo’qon davlat pedagogika institutida 300 nafardan ortiqroq So’xlik talaba yoshlar tahsil olishmoqda. Mazkur oliygoh talaba yoshlari bilan tuman hokimi ishtirokida uchrashuvlar tashkil etish va o’tkazish an'anaga aylanib qolgan. Navbatdagi uchrashuv ham ochiq muloqot tarzida bevosita tuman hokimi ishtirokida bo’lib o’tdi.
So’xlik talabalar bilan navbatdagi uchrashuv Qo’qon shahridagi Turon madaniyat saroyida bo’lib o’tdi. Unda Qo’qon shahar hokimi M. Usmonov, So’x tumani hokimi S. Sayidmusayev, institut rektori D. Xodjayeva hamda tuman sektor rahbarlari – tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i Qosimjon Rahimberdiyev, tuman prokurori Sadirali Mirzokarimov, tuman davlat soliq inspektsiyasi boshlig’i Faridjon To’raboyevlar ishtirok etishdi.
O’tkazilgan ochiq muloqotda eng avvalo ushbu uchrashuvlar an'anaga aylanib borayotgani, ta'lim sohasiga berilayotgan e'tibor zamirida bunday uchrashuvlar tahsil olayotgan yosh o’g’il-qizlarga alohida shavq va motivatsiya berishi alohida ta'kidlandi. Uchrashuv davomida bevosita So’xlik talaba yoshlarning muvaffaqiyatlari haqida gapirildi.
Yoshlar muammo va kamchiliklarini o’rganish maqsadida tashkil etilgan mazkur uchrashuv samimiy muloqotga aylanib ketdi va talaba yoshlarni qo’llab-quvvatlash har doim e'tibor markazida ekanligi alohida qayd etildi. 300 nafardan ziyod so’xlik talabalar ishtirok etgan ochiq muloqot jarayonida talaba-yoshlardan tushgan taklif, fikr va mulohazalar alohida e'tiborga olinib, ularni oliygohni bitirganlaridan so’ng So’x tumaniga qaytib, o’z mutaxassisliklari bo’yicha tegishli tashkilot, korxona va muassasalarga ishlashga takliflar berildi.
Uchrashuv davomida talaba yoshlar ham so’zga chiqib, Respublikamizda, ayniqsa, So’x tumanida bo’layotgan o’zgarishlarga xayrixoh ekanliklari, kelajakda Vatan ravnaqiga hissa qo’shishdek ezgu orzulari borligini alohida ta'kidlab o’tdishdi. 30 aprel kuni Respublikamizda bo’lib o’tadigan Referendumda birinchi marta qatnashish baxtiga sazovor bo’layotgan yoshlar ham ushbu siyosiy jarayonda barcha tengdoshlarini faol ishtirok etishga chaqirishdi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram