Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 63 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SUDLANGANLIK TUSHUNCHASI VA UNING JINOYAT-HUQUQIY AHAMIYATI

×

 2023-03-29 08:13:29    119

PDF yuklash
Chop etish


Sudlanganlik tushunchasi va uning jinoyat-huquqiy ahamiyati

 

Qonun sudlanganlikni faqat shaxsning sodir etgan jinoyati uchun hukm qilinish fakti bilan bog’laydi.

Shaxs, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining Maxsus qismi moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibining barcha belgilari mavjud bo’lgan ijtimoiy xavfli qil-mishni sodir etganlikda aybdor deb topilib, ayblov xukmi e'lon qilingandan so’ng sudlangan deb hisoblanadi. Ammo xukm qilinish-ning har qanday fakti ham sudlanganlikni keltirib chiqarmaydi. Hukm qilish aybdorga jazo tayinlashda ham, qonunda mavjud bo’lgan asoslarga ko’ra jazodan ozod qilishda ham mavjud bo’lishi mumkin. Sudlanganlikning kelib chiqishi esa jazoning muayyan turi va miqdorini tayinlagan holda ayblov hukmini chiqarish bilan bog’liq. Mazkur qoida O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 77-moddasining 2-qismida belgilangan: “Jazo tayinlangan ayblov xukmi qonuniy kuchga kirgan qundan boshlab shaxs sudlangan deb hisoblanadi. Sud tomonidan jazodan ozod qilin-gan shaxs sudlanmagan deb hisoblanadi”.

O’zbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual Kodeksiga muvofiq, hukm apellyatsiya tartibida shikoyat berish va protest keltirish muddati o’tganidan keyin kuchga kiradi. Apellyatsiya tartibida shikoyat yoki protest keltirilgan taqdirda xukm, basharti u bekor qilinmagan bo’lsa, yuqori turuvchi sud tomonidan ko’rib chiqilgan kundan kuchga kiradi (JPK 528 moddasining                   1-qismi). Mahkumlar ikki va undan ortiq bo’lgan taqdirda, basharti, shulardan loaqal biriga nisbatan hukm ustidan shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan bo’lsa, yuqori sud ishni ko’rib chiqquniga qadar mahkumlarning hammasiga nisbatan xukm qonuniy kuchga kirmay turadi (JPK 528-moddasi 3-qismi).

Shunday qilib, shaxs faqat jazoni o’tab bo’lganidan keyingina emas, balki uni ijro etish davomida ham sudlangan xisoblanadi va bu sud tomoiidan inobatga olinishi lozim. Bunda, shaxsga nisbatan dastlabki tergov vaqtida ham, hukm e'lon qilinganidan keyin ham shaxsga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasining ahamiyati yo’q - ushbu vaqt davomida shaxs sudlangan deb topilishi mumkin emas.

Shaxsni jazodan ozod qilish, xatgo jinoiy jazo o’rniga unga nisbatan tibbiy yo’sindagi majburlov chorasi yoxud, agarda maqkum noyaga yetmagan bo’lsa, tarbiyaviy yo’sindagi majburlov choralari qo’llanilgan hollarda ham, uning sudlanganligini keltirib chiqarmaydi.

Sudlanganlik - bu shaxs uchun salbiy, birinchi navbatda, jinoyat-huquqiy xususiyatdagi oqibatlarning kelib chiqarishiga olib kelgan, jazoning muayyan turi va miqdoriga xukm qilinishidan kelib chiqqan shaxsning alohida huquqiy holatidir.

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 77-moddasining                                   3-qismida sudlanganlik jinoyat qonunida nazarda tutilgan va faqat shaxs tomonidan yangi jinoyat sodir etil-gan hollardagina huquqiy ahamiyatga egaligi ko’rsatilgan.

Shaxsning sudlanganligi ham umum huquqiy, ham jinoyat-huquqiy ahamiyatga ega.

Jinoyat sodir etganlik uchun hukm qilingan shaxs huquqiy holatining umumhuquqiy ahamiyati uning O’zbekiston Respublikasining jinoyat qonunini tashkil qilmaydigan normativ-xuquqiy hujjatlarda mustahkamlanishida va jinoyat-huquqiy ma'noda ahamiyatga ega bo’lmasligidadir.

Sudlanganlik, shaxs huquqiy maqomining tavsifi bo’lib, sud-lanmagan shaxs bilan solishtirganda, sudlangan shaxsga huquqlarni cheklash bilan birga unga majburiyat ham yuklaydi va boshqa xuquqiy bo’lmagan oqibatlarni keltirib chiqarmaydi. Sudlanganlik shaxs sodir etgan jinoyat uchun hukm qilinganligidan kelib chiqadigan huquqiy holatdir. Qonun sudlanganlikni faqat shaxsning sodir etgan jinoyati uchun hukm etilganligi bilan bog’lashni nazarda tutadi.

Shaxsni hukm qilish deganda, shaxsni qilmishida jinoyat tarkibining barcha elementlari mavjud bo’lgan aniq jinoyatni sodir etishda aybdor deb topish, shuningdek bu shaxsga nisbatan muayyan turdagi va miqdordagi jazoning tayinlanishi tushuniladi. Jazoning turi va miqdori shaxsni sudlangan deb topish va hisoblash uchun ahamiyatga ega emas, lekin, bu sudlanganlikning tugallanishi yoki olib tashlanishiga ta'sir qiladi.

Shaxsning sudlanganligi umumhuquqiy va jinoyat-huquqiy ahamiyatga egadir. Jinoyat sodir etganlikda hukm qilingan shaxs huquqiy holatining umumhuquqiy ahamiyati uning O’zbekiston Respublikasi jinoyat to’g’risidagi qonun xujjatlarini tashkil etmaydigan normativ-huquqiy aktlarida mustahkamlanganligi va ular jinoyat-huquqiy ma'noda ahamiyatga ega emasligi bilan tavsiflanadi. Xususan, sudlanganlikning umumxuquqiy ahamiyati shaxsning sudlanganligi uning rasmiy organlarga tugatilmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganlik mavjudligi to’g’risida ma'lum qilish majburiyatida, ma'lum bir mansabni egallash yoki ayrim faoliyat bilan shug’ullanishdagi cheklovlarda namoyon bo’ladi (masalan, advokatlik faoliyatini amalga oshirishni cheklash). Bundan tashqari, sudlangan shaxslarga muayyan bir xududlarga borish va joylarda bo’lish taqiqlanishi mumkin.

Shaxsni sudlangan deb topishning boshlang’ich vaqtini hukm kuchga kirgandan keyingi vaqt deb belgilaydi. Jinoyat-protsessual qonunga muvofiq, xukm uning apellyatsiya shikoyati berish yoki protest bildirish muddati o’tishi bilan qonuniy kuchga kiradi. Apellyatsiya shikoyati berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda xukm, agar u bekor qilinmagan bo’lsa, ishni yuqori sud ko’rib chiqqan kuni qonuniy kuchga kiradi.

Shaxs, shartli hukm qilinishi munosabati bilan jazodan ozod qilinganda yoki jazoni o’tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinganda (JK 72, 73, 89-moddalari) u sinov muddati davomida sudlangan deb e'tirof etiladi.

Shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod qilinganda, shuningdek, unga tibbiy yo’sindagi majburlov choralari qo’llanilganda, u sudlangan deb tan olinishi mumkin emas.

Sudlanganlik O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksida  nazarda tutilgan hollarda shaxs yangi jinoyat sodir etganda ahamiyat kasb etishini belgilaydi. Bunda sudlanganlikning faqat jinoiy-huquqiy ahamiyati nazarda tutiladi. Sudlanganlikni jinoiy-huquqiy ahamiyati shaxsning oldingi jinoyat uchun sudlanganlik muddati o’tmasdan yoki qonunda belgilangai tartibda olib tashlanmasdan yangi jinoyat sodir etganidagina vujudga keladi, sudlanganlikning umumhuquqiy oqibatlari kabi jinoiy-huquqiy oqibatlari ham jinoiy jazo samaradorligini oshirish va mahkumni tarbiyalashga qaratilgan choralarni mustahkamlash, shuningdsk avval sudlangan shaxslar tomonidan yangi jinoyatlar sodir etilishining oldini olishga qaratilgandir.

Sudlanganlikning jinoiy-huquqiy ahamiyati quyidagilardan iborat:

-shaxsda sudlanganlik holatining mavjudligi xavfli va o’ta xavfli retsidivist deb topilishiga ta'sir etadi (JKning 34 choddasi);

-shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilishga to’sqinlik qiladi;

-qilmishni kvalifikatsiya qilishga ta'sir ko’rsatadi (JKning                  140-moddasi);

-jazo tayinlashda og’irlashtiruvchi holat sifatida e'tirof etiladi;

-sudlanganlik ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlashda jazoni ijro etish muassasasi turini aniqlashga ta'sir qiladi (JKning 50-moddasi);

-alohida tartibda jazo tayinlanishiga sabab bo’ladi.

Sudlanganlikning jinoiy-huquqiy ahamiyati shaxs yangi jinoyat sodir etganda vujudga keladi. Boshqacha aytganda, shaxsning sudlanganligi sud tomonidan, u sudlangan deb topilgan davrda, ya'ni hukm qonuniy kuchga kirgan vaqtdan uning tutatilishi yoki olib tashlangungacha bo’lgan davrdan keyin jinoyat sodir etgan hollarda hisobga olinadi. Sudlanganlik boshlanguniga qadar yoki u tugagandan keyin jinoyat sodir etish hech qanday jinoiy-huquqiy oqibat keltirib chiqarmaydi.

Sharhlanayotgan moddaning to’rtinchi qismi sudlanganlikning oxirgi muddati tugatilishi yoki olib tashlanishini umumiy asoslarda aniqlaydi. Sudlanganlik holati tugallanganda, shaxs sudlanmagan deb hisoblanadi. Sudlanganlik holatining tugallanishi, shaxsning yangi jinoyat sodir etishi bilan uziladi. Bunday holda sudlanganlikning birinchi jinoyat bo’yicha tugallanish muddati aybdorning oxirgi jinoyat uchun jazoni haqiqiy o’tab bo’lganidan so’ng hisobga olinadi. Sudlanganlik holati tutallanishi bilan uning barcha xuquqiy oqibatlari bekor bo’ladi va shaxs yangi jinoyat sodir etgan taqdirda, uning jinoiy javobgarligini og’irlashtiruvchi holat deb hisoblanmaydi.

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 77-moddasining beshinchi qismi jazoni o’tagan, ammo qonunning o’zgarishi bilan bunday qilmish jinoyat deb hisoblanmay qolgan taqdirda, shuningdek sodir qilingan jinoyat uchun tayinlangan jazoni o’tab bo’linishi bilan sudlanganlik holatining tugallanishi belgilangan bo’lsa, shaxs sudlanmagan deb hisoblanishini belgilaydi.

 

X.Xoliqov - Jinoyat ishlari bo’yicha Farg’ona tuman sudining raisi



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram