Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 44 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISH VA FUQARO MUHOFAZASI OYLIGI” O’TKAZILMOQDA

×

 2023-03-28 17:39:18    94

PDF yuklash
Chop etish


“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” o’tkazilmoqda

Respublikamiz hududlarida hukumat komissiyasi yig’ilishining 2023 yil 16-fevral kunidagi bayoniga muvofiq joriy yilning 1 mart kunidan 1 aprel kuniga qadar “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” o’tkazilishi belgilangan. Mazkur tadbirlarni o’tkazish bo’yicha tuman hokimi farmoyishi ham qabul qilingan va ushbu farmoyishni bajarish maqsadida tumanimizda daxldor soha vakillari ishtirokida mavzuga oid tadbirlar o’tkazilmoqda.

So’x tumani favqulodda vaziyatlar bo’limi FVDT va FM bo’linmasi boshlig’i Farxiddin Saidovning ma'lumotiga ko’ra, mazkur oylikning asosiy maqsadi tuman hududida bahor-yoz mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va fuqaro muhofazasini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, boshqarmalar, idoralar, jamoat tashkilotlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ma'sul xodimlarining o’zaro hamkorligini ta'minlash, ushbu yo’nalishdagi ishlarni o’z vaqtida, sifatli bajarilishiga erishish, mavsum davomida aholi xavfsizligini ta'minlash, odamlar hayoti, sog’lig’i va moddiy boyliklarga zarar yetkazishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishdan iborat. Mazkur oylik doirasida tuman favqulodda vaziyatlar bo’limi xodimlari tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda jamoat tashkilotlarida, korxonalar, tadbirkorlik sub'ektlari va ta'lim muassasalarida keng ko’lamli targ’ibot-tashviqot ishlari olib borildi va olib borilmoqda.

Targ’ibot tadbirlari davomida fuqarolarga favqulodda vaziyatlardan muhofazalanish va ularda to’g’ri harakat qilish o’rgatilmoqda. Tashkil etilayotgan mazkur targ’ibot tadbirlaridagi amaliy mashqlar orqali barcha fuqarolar mavzuga oid ma'lumot va ko’nikmalarga ega bo’lishayotir.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram