BILIB QO’YGAN YAXSHI
2023-03-28 17:37:07 110
Bilib qo’ygan yaxshi
Savol: Referendumda ishtirok etish huquqi to’g’risida ma'lumot bersangiz
Javob: Referendum o’tkaziladigan kunga qadar yoki referendum kunida o’n sakkiz yoshga to’lgan O’zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi referendumda ishtirok etish huquqiga egadir.
O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida istiqomat qilayotgan yoki turgan O’zbekiston Respublikasining fuqarosi referendumda ishtirok etishga to’la haqlidir.
Kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqei, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma'lumoti, tili, dinga munosabati, mashg’ulotining turi va xususiyatiga qarab fuqarolarning referendumda qatnashish huquqlarini bevosita yoki bilvosita cheklash man etiladi.
Bunyodjon Enazarov - So’x tuman adliya bo’limi boshlig’i
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram