Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMANDA REFERENDUMGA DOIR O’QUV MASHG’ULOTLARI O’TKAZILMOQDA

×

 2023-03-28 17:32:40    61

PDF yuklash
Chop etish


Tumanda referendumga doir o’quv mashg’ulotlari o’tkazilmoqda

“O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonuni loyihasi mazmun-mohiyati hamda referendum o’tkazish tartibini yetkazish maqsadida So’x tumanida o’quv mashg’ulotlari o’tkazilmoqda. Tasdiqlangan rejaga asosan mazkur o’quv mashg’ulotlari tumanimizning 30-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida o’tkazilayotir.

Tashkil etilgan mazkur tadbirga barcha uchastka komissiyasi raislari, o’rinbosarlar, kotiblar va mas'ul xodimlar jalb etilgan. Referendum o’tkazish bo’yicha Farg’ona viloyat Okrug komisssiya tomonidan biriktirilgan hududiy trenerlar O’ktamjon Ergashev va Xudoydod Yunusovlar tomonidan o’tkazilayotgan o’quv mashg’ulotlarida kerakli ma'lumotlar va tushuntirishlar yetkazilmoqda.

O’quv mashg’ulotlari jarayonida So’x tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman prokurori Sadirali Mirzokarimov va prokuror o’rinbosari Olimjon Do’stovlar ishtirok etishib “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonuni loyihasi yuzasidan ma'ro’zlar qilishdi. Tadbirlarga jalb etilgan ishtirokichlarga Konstitutsiyaga kiritilayotgan o’zgarishlar, yangi loyihalar yuzasidan ham ma'ruzalar qilinmoqda.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram