SAVOL BERING, JAVOB BERAMIZ
2023-03-28 17:30:14 109
Savol bering, javob beramiz
Cavol: O’zbekiston Respublikasining referendumi to’g’risida ma'lumot bersangiz
Javob: O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasining referendumi to’g’risida”gi Qonuniga asosan O’zbekiston Respublikasining referendumi O’zbekiston Respublikasining qonunlarini va boshqa qarorlarni qabul qilish maqsadlarida jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz berishidir.
Referendum saylovlar bilan bir qatorda xalq irodasining bevosita ifodasidir.
Referendumda qabul qilingan qarorlar oliy yuridik kuchga ega bo’ladi.
Agar referendumda qabul qilingan qarorlarda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, referendumda qabul qilingan qarorlar faqat referendum yo’li bilan bekor qilinishi yoki o’zgartirilishi mumkin.
Referendum O’zbekiston Respublikasining butun hududida o’tkaziladi.
O’ktamjon Ergashev - So’x tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram