Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANIDA TARG’IBOT TADBIRLARI O’TKAZILMOQDA

×

 2023-03-28 17:27:44    58

PDF yuklash
Chop etish


So’x tumanida targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda

        So’x tuman tibbiyot birlashmasida “Konstitutsiyaviy islohotlar – manfaatimiz poydevori” mavzusi ostida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o’zgartirish va qo’shimchalar muhokamasiga bag’ishlab targ’ibot tadbiri tashkil etildi. Unda tibbiyot sohasi xodimlari faol ishtirok etdilar.

        Xalq deputatlari So’x tumani Kengashi deputati Subhonali Nishonov tadbir ishtirokchilariga yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasi haqida atroflicha tushuncha berib o’tdi. Konstitutsiyaviy islohotlar hayotiy zarurat ekanligi qayd etib o’tildi.

        Tadbir davomida sog’liqni saqlash sohasini yanada takomillashtirish borasida yangi Konstitutsiyaga kiritilayotgan o’zgartirish va qo’shimchalar yuzasidan tushuntirishlar berildi. Jamiyatimizda bo’layotgan yangilanish va islohotlar xalq manfaatiga xizmat qilishi ta'kidlandi.

        Tadbirda So’x tumanidagi tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar soha rivojiga hissa qo’shayotgani va bu xalqning roziligiga sabab bo’layotgani yorqin misollar bilan tadbir ishtirokchilariga yetkazildi. Tantanali va bayramona ruhda o’tgan tadbirda tibbiyot xodimlari xalqimizni 30-aprel kuni bo’lib o’tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram