2023-YIL 1-APRELDAN XO’JALIK JAMIYATLARI KUZATUV KENGASHINING QIMMATLI QOG’OZLARNI CHIQARISH BO’YICHA QARORALARI MUHIM FAKT SIFATIDA OSHKOR QILINADI
2023-03-28 17:24:27 181
2023-yil 1-apreldan xo’jalik jamiyatlari kuzatuv kengashining qimmatli qog’ozlarni chiqarish bo’yicha qaroralari muhim fakt sifatida oshkor qilinadi
Xo’jalik jamiyatlarining ishtirokchisi (aktsiyadori) va kreditorlari huquqlarini himoya qilish maqsadida quyidagi tartib o’rnatiladi:
MChJ ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo’shiladigan, qiymati BHMning 10 ming baravaridan ko’p bo’lgan pulsiz hissalar baholovchi tashkilot tomonidan baholanadi va baholangan qiymatdan yuqori bo’lishi mumkin emas;
yuridik shaxslar qo’shib yuborish, qo’shib olish va tashkiliy-huquqiy shaklini o’zgartirish orqali qayta tashkil etilganda, korxonalarning huquq va majburiyatlari, topshirish hujjatida ko’rsatilgan yoki ko’rsatilmaganligidan qat'i nazar, qayta tashkil etilgan yuridik shaxsga o’tgan hisoblanadi;
xo’jalik jamiyatlari kuzatuv kengashining aktsiya, korporativ obligatsiya va boshqa qimmatli qog’ozlarni chiqarish bo’yicha qarorlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq muhim fakt sifatida oshkor qilinadi.
Shoxrux Sobirov - Rishton tuman adliya bo’limi inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo’llash amaliyotini o’rganish bo’linmasi bosh maslahatchisii
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram