Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 120 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JAHOLATGA QARSHI MA'RIFAT BILAN KURASHMOG’IMIZ LOZIM

×

 2023-03-27 16:54:45    78

PDF yuklash
Chop etish


Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashmog’imiz lozim

Ma'naviyati yuksak, ma'rifati ulug’ yurt farznadlarimiz. Bu yuksaklik, ulug’lik bizga buyuk ajdodlarimizdan azaliy meros sifatida ulashilib kelinmoqda.

Ayni kunda tumanimizda “Jaholatga qarshi ma'rifat” mavzusida turkum ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o’tkazilmoqda. Tashkil etilayotgan tadbirlarda yuqoridagi fikrlar asosida ishtirokchilarga kerakli ma'lumotlar yetkazilmoqda.

Bugun Sohibkor mahalla fuqarolar yig’inidagi 27-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabidagi bo’lib o’tgan tadbirda mahalla faollari, imom-xatiblar, yoshlar ishtirok etdilar. Tadbirda viloyat va tuman diniy ishlar bo’yicha kumita vakillari, tuman ma'naviyat markazi xodimlari, tuman ichki ishlar bo’limi vakillari qatnashdi.

Tadbir ishtirokchilariga mavzuga doir videofilm va videoroliklar namoyish etildi. Tadbirda so’zga chiqganlar Vatanimiz tinchligi, osoyishtaligi va ravnaqi uchun har doim intilish, uning rivojiga hissa qo’shish har bir fuqaroning burchi ekanligi ta'kidlandi.

Ushbu dorilomon kunlarga shukrona qilib, Prezidentimiz olib borayotgan oqilona siyosatni qo’llab-quvvatlash, yoshlarimizni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, yurtimiz obodonchiligi va kelajagi uchun mas'ul ekanligimiz haqida to’xtalib o’tildi. Bunday tadbirlar tumanimizning barcha hududlarida bo’lib o’tmoqda.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram