BILASIZMI?
2023-03-27 16:15:17 115
Bilasizmi?
Fuqarolar o’rtasida qarz shartnomasi, agar bu qarzning summasi BHMning 10 baravaridan (3 mln so’mdan) ortiq bo’lsa, oddiy yozma shaklda tuzilishi shart, shartnomadagi taraflardan biri yuridik shaxs bo’lganida esa summasidan qat'i nazar, yozma shaklda tuzilishi shart.
Agar qarz oluvchining tilxati yoki unga qarz beruvchi tomonidan muayyan summa yoki muayyan miqdordagi ashyolar topshirilganligini tasdiqlaydigan boshqa hujjat mavjud bo’lsa, qarz shartnomasi yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi.
Agar qarz majburiyati qarz oluvchi tomonidan berilgan veksel, obligatsiya yoki qarz summasini va qarz beruvchining uni undirib olish huquqini belgilaydigan boshqa qimmatli qog’oz bilan tasdiqlangan bo’lsa, qarz shartnomasining yozma shakliga rioya qilingan hisoblanadi.
M.Qodiraliyev - Farg’ona viloyat adliya boshqarmasi Rishton tumani adliya bo’limi boshlig’i
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram