KONSTITUTSIYAVIY ISLOHOT – BUGUNNING TALABI, ERTANING KAFOLATI!
2023-03-27 16:10:31 121
Konstitutsiyaviy islohot – bugunning talabi, ertaning kafolati!
Aytish lozimki, O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga munosib hissa qo’shayotgan xotin-qizlarimizning huquq va erkinliklari Qonun asosida belgilab qo’yilgan. Respublikamizning mahalla tizimida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faollariga yaratib berilgan qulayliklar ham ularning jamiyatdagi mavqelarini mustahkamlashga qaratilgan.
Tumanimizning Yangiariq mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan 30-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida So’x tumani mahalla fuqarolar yig’inlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollarini huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida tadbir tashkil etildi. So’x tuman Adliya bo’limi bilan hamkorlikda tashkil etilgan o’quv-seminarda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunining “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to’g’risida”gi loyihasini mazmun-mohiyati va ahamiyati barcha ishtirokchilarga yetkazildi.
O’quv-seminar jarayonida mahalla fuqarolar yig’ini xotin-qizlar faollari faollik bilan ishtirok etishdi. Tuman adliya bo’limi xodimi O’ktamjon Ergashev barcha ishtirokchilarga yangi tahrirdagi Konstitutsiya O’zbekiston jamiyatining evolyutsion rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat ekanligi, bu ish mamlakat, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun g’oyat ahamiyatli masala, adolatli jamiyat qurish yo’lidagi ulkan qadam ekanligini asosli misol va dallilar orqali tushuntirdi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram