TIBBIYOT SOHASIDAGI ISLOHOTLAR XALQIMIZ MANFAATIGA XIZMAT QILMOQDA
2023-03-27 16:01:55 136
Tibbiyot sohasidagi islohotlar xalqimiz manfaatiga xizmat qilmoqda
Respublikamizda tibbiyot sohasini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar samarasi bugun Vatanimizning chekka hududlarida ham qilinayotgan amaliy ishlarda yaqqol namoyon bo’lmoqda. O’tgan 2022 yilda ham tumanimizda tibbiyot sohasida o’lkan o’zgarishlar amalga oshirildi va bu xayrli ishlar inson manfaatiga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir.
Bugun tumanda xususiy klinikalar soni ko’payib bormoqda. Bu albatta, xalqimiz salomatligini saqlash va uni himoyalashda katta ahamiyatga ega va bu tadbirkorlik sohasini rivojlantirish, tibbiyot turizmini yo’lga qo’yishga ham omil bo’layotir.
So’x tumani qo’shni Qirg’iziston Respublikasi bilan chegaradosh bo’lganligi bois, tuman tibbiyot birlashmasi tarkibidagi muassasalar va tashkil etilgan xususiy klinikalarda qo’shni davlat fuqarolari ham bemalol davolanishmoqda. Bugun Mulgon mahallasida barpo etilgan yangi “Ayshe medikal tsentr” klinikasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
Taqdimot marosimida ishtirok etgan tuman hokimi va mahalla faollari sohada olib borilayotgan islohotlar xalqimiz manfaatiga xizmat qilayotganini alohida qayd etdilar. Mazkur xususiy klinika ham aholiga tunu kun tibbiyot xizmatlarini ko’rsatadi.
“Orzui Suhrobi Zamirzod” xususiy firmasiga qarashli mazkur klinikada lor, ginekologiya, kardiologiya, ortopediya kabi bo’limlar faoliyati yo’lga qo’yilgan. Zamonaviy tibbiyot jihozlari va dastgohlari bilan ta'minlangan mazkur tibbiyot muassasasida 10 nafar soha xodimlarining bandligi ta'minlangan.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram