HUDUDLARDAGI MUAMMOLARNI O’RGANISH ORQALI ULARNING HAL ETISH CHORALARI KO’RILADI
2023-03-24 15:27:16 125
Hududlardagi muammolarni o’rganish orqali ularning hal etish choralari ko’riladi
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va O’zbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 02.04.2021 yildagi 826-IV-sonli qo’shma qarori asosida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondi mablag’lari hisodbidan grantlar ajratish tartibi belgilab berilgan. Ushbu mablag’lar bevosita hududlarni o’rganish natijasiga ko’ra, o’sha mintaqaning rivojlantirish va obodonlashtirish maqsadlarida ajratiladi.
Tuman madaniyat markazining majlislar zalida bo’lib o’tgan tadbirda viloyatimizda faoliyat olib borayotgan “ChEHRA” nodavlat-notijorat tashkiloti rahbari ishtirok etib, tadbir ishtirokchilariga mazkur yo’nalishning asosiy mazmun-mohiyati va maqsadi haqida tushuncha va ma'lumotlar berdi. Tadbirda ishtirok etgan mahalla fuqarolar yig’inlari raislari ham mavjud loyiha va grantlar haqida ma'lumot oldilar.
Aytish lozimki, “Chehra” nodavlat-notijorat tashkiloti tomonidan So’x tumaniga ajratilgan grantlar asosida ko’p loyihalar amalga oshirilgan. Mazkur nodavlat tashkilot rahbari Zarifa Hasanovaning ma'lumotiga ko’ra, tashkil etilgan tadbirda savolnoma orqali mahalla raislarining o’z vazifalariga nisbatan qay darajada bilimga ega ekanliklari, bugungi boshqaruv tizimini yangi innovatsion yo’nalishlarini aholi o’rtasida tatbiq etish salohiyati o’rganildi.
O’tkazilgan savolnoma natijasiga ko’ra, qaysi hududda qaysi muammo dolzarbligi haqida dastlabki ma'lumotlar olindi. Aniqlangan natija va muammolar asosida loyiha shakllantirilishi ta'kidlab o’tildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram