SO’X TUMANIDA SEL YO’LLARINI TOZALASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
2023-03-24 15:23:45 113
So’x tumanida sel yo’llarini tozalash ishlari olib borilmoqda
So’x tumanidagi tog’oldi hududlarida yoz faslida tabiiy ofatlar yuzaga kelishi ehtimoli juda katta. Ayniqsa, suv toshqinlari, sel kelishi ehtimoli yuqori bo’lgan hududlar talaygina.
Lenbur mahalla fuqarolar yig’ini ham tog’ yon bag’rida joylashgan mahalla bo’lib, turli tabiiy ofatlarni oldini olish maqsadida ushbu mahallada sel yo’li barpo etilgan. Favqulodda vaziyatlarni oldini olishga qaratilgan ishlar mahallada allaqachon boshlab yuborilgan.
Mahalla raisi G’ayratjon Ne'matovning so’zlariga ko’ra, ayni kunda mahallaning Sho’rbuloq sel yo’lida tozalash ishlari boshlab yuborilgan. Mazkur ishlarga tuman favqulodda vaziyatlar bo’limi tarikibiga kiruvchi hamkor tashkilotlarning maxsus texnikalari jalb etilgan.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram