Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 2 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NAVRO’Z BAYRAMIGA HAMOHANG TARZDA NIKOH TO’YI O’TKAZIB BERILDI

×

 2023-03-24 15:06:38    48

PDF yuklash
Chop etish


Navro’z bayramiga hamohang tarzda nikoh to’yi o’tkazib berildi

        Kam ta'minlangan, ijtimoiy ko’makka muhtoj fuqarolarni qo’llab-quvvatlash, ularga har doim yordam qo’lini cho’zish xayrli va savob amallardan hisoblanadi. So’x tumanida Navro’z bayrami kunlarida mana shunday xayrli amallar bajarilmoqda.  

        Tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi Rasuljon Mirsaidovning bildirishicha, Chashma mahallasida bugun Navro’z bayrami qo’shaloq tantana sifatida nishonlanmoqda. Tuman hokimligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, 4-sektor rahbariyati, mahalla beshligi hamkorligida mazkur mahallada yashovchi, "Temir daftar" ro’yixatiga kiritilgan fuqaroning nikoh to’yi o’tkazib berildi.

        Mazkur shodiyonani o’tkazishda saxovatpesha homiylarning ham hissalari beqiyosdir. Nikoh to’yi munosabati bilan fayzli ziyofat tashkil etildi.

        Mazkur shodiyona mahallaning yangi qurilgan, zamonaviy dam olish maskanida tantana bilan o’tkazildi. Tadbirda nuroniylar yangi kelin-kuyovlarni duolar qilishdi va ikki nafar baxtli yoshlarimizga tashkilotchilar tomonidan esdalik va qimmatbaho sovg’alar taqdim etildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram